Shumaxerning o‘g‘li «Formula-3» poygasida g‘olib bo‘ldi

Etti karra «Formula – 1» musobaqalarida g‘olib bo‘lgan, sobiq jahon chempioni germaniyalik Mixael Shumaxerning o‘g‘li Mik Shumaxer «Formula-3» musobaqasida g‘olib chiqdi.

Mik Xokkenxaymda o‘tgan poygada marraga ikkinchi bo‘lib etib kelgan bo‘lsada, shaxsiy hisobdagi birinchi pog‘onasini saqlab qoldi.

«Men juda ham xursandman, jamoamiz bu yilgi sport mavsumida juda yaxshi ishladi», – deydi g‘alabadan ruhlangan Shumaxer.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!